Jurnal haqida

Huquq, davlat boshqaruvi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro ilmiy-taqrizlanadigan jurnal

«Adolat yog'dusi» — Xalqaro Nordik universiteti qoshida tashkil etilgan, huquqshunoslik, inson huquqlari va davlat boshqaruvi sohalaridagi dolzarb ilmiy-amaliy tadqiqotlarni chop etuvchi ochiq kirish (open access), taqrizlanadigan (peer-reviewed) ilmiy-elektron jurnaldir.

Nomlanishning ma'nosi: «yog'du» — nur, ziyo ma'nosini anglatib, jurnalning adolat, qonuniylik va huquqiy ma'rifat g'oyalarini yorituvchi ilmiy minbar ekanligini ifodalaydi.

Maqsad va vazifalar

  • Jurnalning ilmiy darajasi va nufuzini oshirish hamda xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani ta'minlash;
  • Huquqshunoslik, inson huquqlari va davlat boshqaruvi sohalaridagi dolzarb tadqiqotlarni e'lon qilish;
  • Maqolalarni mustaqil ekspertiza (double-blind peer review) asosida saralash va nashr sifatini nazorat qilish;
  • Professor-o'qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar va amaliyotchi huquqshunoslar uchun ochiq ilmiy muloqot maydonini yaratish;
  • Jurnalni xalqaro ma'lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritish;
  • Ilmiy axborotning ochiqligi, xolisligi va akademik halollik tamoyillariga qat'iy rioya etish.

Nashr ma'lumotlari

Ta'sischi: Xalqaro Nordik universiteti
Nashr chastotasi: yiliga 4 marta
Tillar: o'zbek, rus, ingliz
Kirish: to'liq ochiq (Open Access)